Navoiy viloyatiQo‘g‘irchoq teatri
O‘z
Chiptalarim

Ko‘rinish sozlamalari

Sayt ko‘rinishini o‘zingizga moslang. Tanlovingiz shu qurilmada saqlanadi.

Matn o‘lchami
Rang
Harakat
Chiptalarim

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 14-oktabr 2026

6. Shaxsiy ma’lumotlar va maxfiylik

6.1. Teatr Foydalanuvchining quyidagi ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, faqatgina xizmat ko‘rsatish va chiptalarni taqdim etish maqsadida qayta ishlaydi: Telegram ID, ism va foydalanuvchi nomi; buyurtmalar va chiptalar; saytga kirish belgisi (cookie; 60 kun faollik, ko‘pi bilan 1 yil); kirish xavfsizligi uchun IP-manzil va brauzer ma’lumotining xeshi; saytdagi Yandex Metrika va Google Analytics statistika cookie’lari.

6.2. Teatr bank kartasining to‘liq rekvizitlari, PIN-kodlar, parollar yoki bir martalik tasdiqlash kodlarini so‘ramaydi va saqlamaydi. Bunday ma’lumotlar faqat tegishli to‘lov tizimi yoki Bankning himoyalangan tomonida qayta ishlanadi.

6.3. Ma’lumotlar faqat xizmat uchun zarur hajmda EESBO (davlat chipta tizimi), to‘lov tizimlari (CLICK, Payme, Uzum), Telegram, Yandex va Google’ga beriladi.

Bu matn ommaviy ofertaning bir qismi; to‘liq shartlar o‘sha sahifada.

Sayt statistikasi

Saytni yaxshilash uchun Yandex Metrika va Google Analytics xizmatlaridan foydalanamiz. Ular qaysi sahifalar ochilgani, qaysi tugmalar bosilgani, qurilma va brauzer turi, taxminiy shahar (IP manzil bo‘yicha) va saytga qayerdan kelinganini hisoblaydi. Takroriy tashrifni ajratish uchun brauzerga cookie fayllarini yozadi. Bu xizmatlarga ismingiz, telefon raqamingiz, Telegram ma’lumotlaringiz, ariza yoki buyurtma raqami va shakllarga yozgan matningiz yuborilmaydi; raqam yoki elektron pochta yozilgan qidiruv umuman hisobga olinmaydi. Tashrifni video kabi yozib oluvchi «Vebvizor» o‘chirilgan. «Ko‘rinish sozlamalari» faqat qurilmangizda saqlanadi; agent yoki promo havolasi orqali kelgan bo‘lsangiz, havoladagi kod statistikada ko‘rinadi. Statistikadan chiqish uchun brauzeringizda cookie fayllarini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.

Seans e’lon qilinganda

Yangi seanslar teatrning Telegram kanalida e’lon qilinadi. Kanalga obuna bo‘ling, sana chiqishi bilan ko‘rasiz.