Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatrining 2026-yil 3-noyabrdagi 11-01/41-sonli buyrug‘iga 1-ilova
Navoiy viloyatidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida “Teatr — ibratxonadir” dasturi doirasida “OLTIN CHIPTA” madaniy-ma’rifiy marafonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom
1-bob. Umumiy qoidalar va huquqiy asoslar
1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-399-son qarorining 6-, 8-, 14-, 15- va 16-bandlariga muvofiq “Teatr — ibratxonadir” dasturi doirasida bolalar, o‘quvchilar va talabalarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ta’lim tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda elektron tizim orqali sotilgan teatr chiptalari asosida sovrinli tanlov tashkil qilish tartibini belgilaydi.
1.2. Marafon tashkilotchisi: Marafon Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan o‘tkaziladi.
1.3. Ixtiyoriylik tamoyili: Marafonda ishtirok etish barcha ta’lim muassasalari, pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchi-talabalar uchun mutlaqo ixtiyoriy hisoblanadi.
1.4. Ballarni hisoblash va shaffoflik tartibi: Marafon tasodifiy lotereya hisoblanmaydi. G‘oliblar teatrning rasmiy veb-sayti (bolalar-teatri.uz) va maxsus Telegram-boti (@bolalar_teatri_bot) orqali xarid qilingan chiptalarning aniq elektron reyting ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
- Har bir xarid qilingan elektron chipta to‘lov amalga oshirilgan zahoti tanlangan ta’lim muassasasi hamda sinf (guruh) reytingiga +1 ball (1 ta chipta) sifatida avtomatik qo‘shiladi.
- Xarid qilingan chiptalarni qaytarish (bekor qilish) faqatgina teatrning markaziy kassasi orqali amalga oshiriladi. Chipta kassaga qaytarilgan taqdirda, ushbu chipta uchun yozilgan ball tizim tomonidan avtomatik ravishda tegishli sinf (guruh) va muassasa hisobidan chegirib tashlanadi (o‘chiriladi).
2-bob. Marafon yo‘nalishlari (8 ta liga) va o‘tkazish muddatlari
2.1. Marafon ta’lim muassasalarining hududiy joylashuvi va turiga ko‘ra quyidagi 8 ta mustaqil yo‘nalish (liga) bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Navoiy shahri umumta’lim maktablari (davlat va nodavlat maktablar);
- Navoiy shahri maktabgacha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat bog‘chalar);
- Karmana tumani umumta’lim maktablari (davlat va nodavlat maktablar);
- Karmana tumani maktabgacha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat bog‘chalar);
- Viloyatning qolgan barcha tuman va shaharlari umumta’lim maktablari (birlashgan hududiy yo‘nalish);
- Viloyatning qolgan barcha tuman va shaharlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari (birlashgan hududiy yo‘nalish);
- Viloyatdagi barcha Oliy ta’lim muassasalari (OTM) (Bunda: davlat OTMlarining har bir fakulteti alohida ishtirokchi sifatida, xususiy/nodavlat OTMlar esa universitet sifatida umumiy reytingda qatnashadi);
- Viloyatdagi barcha Kasbiy ta’lim tashkilotlari (Texnikumlar) (umumiy yo‘nalish).
2.2. Marafon o‘quv yili davomida 3 ta mavsumiy bosqich (dekada) va 1 ta Yillik Grand-final shaklida o‘tkaziladi:
- 1-bosqich (Kuzgi mavsum): 1-sentyabrdan 30-noyabrgacha (shu kuni ham) -> G‘oliblarni e’lon qilish va sovrinlarni topshirish: 1-dekabr;
- 2-bosqich (Qishki mavsum): 1-dekabrdan 28-fevralgacha (shu kuni ham) -> G‘oliblarni e’lon qilish va sovrinlarni topshirish: 1-mart;
- 3-bosqich (Bahorgi mavsum): 1-martdan 19-maygacha (shu kuni ham) -> G‘oliblarni e’lon qilish va sovrinlarni topshirish: 20-may;
- Yillik Grand-final (O‘quv yili yakuni): 1-sentyabr 20-may (shu kuni ham) umumiy natijalar asosida -> G‘oliblarni e’lon qilish va tantanali taqdirlash: 25-may (“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kunida).
- (21-maydan — 31-avgustgacha olingan chiptalar 1-bosqich (Kuzgi mavsum) va yillik grand-final uchun hisobga olinadi).
3-bob. Mavsumiy bosqichlar (har 3 oyda) shartlari, kvotalar va sovrinlar
3.1. Har bir mavsumiy bosqich yakunida (1-dekabr, 1-mart va 20-may kunlari) 2.1-bandda ko‘rsatilgan 8 ta yo‘nalishning har biridan belgilangan minimal kvotani bajargan va eng ko‘p chipta xarid qilgan 1 tadan sinf (bog‘cha guruhi / OTM va texnikum akademik guruhi) g‘olib deb topiladi.
3.2. Mavsumiy bosqichda g‘olib bo‘lish uchun minimal faollik kvotasi:
- Maktablar, OTM (fakultet/xususiy OTM) va Texnikumlar yo‘nalishlarida (1-, 3-, 5-, 7-, 8-yo‘nalishlar): Muassasa (fakultet) bo‘yicha bosqich davomida jami kamida 800 ta chipta, shundan g‘oliblikka da’vogar sinf (akademik guruh)ning o‘zi kamida 200 ta chipta xarid qilgan bo‘lishi shart;
- Maktabgacha ta’lim (bog‘chalar) yo‘nalishlarida (2-, 4-, 6-yo‘nalishlar): Bog‘cha bo‘yicha bosqich davomida jami kamida 500 ta chipta, shundan da’vogar guruh kamida 150 ta chipta xarid qilgan bo‘lishi shart.
3.3. Mavsumiy bosqich Sovrinlar paketi (6 ta yo‘nalish (maktablar va bog‘chalar) uchun bir xil): Minimal kvotani bajargan va o‘z yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan har bir g‘olib sinf (guruh) quyidagi sovrinlar to‘plami bilan taqdirlanadi:
- Sinf xonasi (bog‘cha guruhi) uchun: 1 dona (18 000 BTU / “18 talik”) zamonaviy Konditsioneri (muassasa balansiga beg‘araz o‘tkazilib, aynan g‘olib sinf/guruh xonasiga o‘rnatib beriladi);
OTM va texnikumlar guruhlari uchun (7-8-yo‘nalishlar) Samarqand yoki Buxoroga 1 kunlik 40 kishiga Tur-paket (sayohat yo‘lanmasi) (Bunda borib-kelish, ovqatlanish va gid xizmatlari bilan) - Sinf rahbari (tarbiyachi / guruh tyutori yoki kuratori) uchun: maishiy texnika xarid qilish uchun 1 000 000 (bir million) so‘mlik Vaucher; Teatrning 1 000 000 so‘mlik “Do‘stlar kartasi” bilan taqdirlanadi.
- Sinf o‘quvchilari (tarbiyalanuvchilar / talabalar) uchun: G‘olib sinf (guruh)ning har bir a’zosiga teatr spektakllariga 3 oy davomida bepul kirish huquqini beruvchi shaxsiy Abonement (ID-karta). (Izoh: Bepul abonement orqali kirishlar keyingi bosqichlar reytingida ball bermaydi).
3.4. Maxsus shartlar:
- Agar mavsumiy bosqich yakunida qaysidir yo‘nalish bo‘yicha hech bir muassasa yoki sinf (guruh) 3.2-bandda belgilangan minimal kvotani bajara olmasa, belgilangan mukofotlar berilmaydi.
- Bir bosqichda g‘olib bo‘lib, konditsioner yutib olgan sinf (guruh) keyingi mavsumiy bosqichda sinflararo kurashda qatnashmaydi (keyingi yil bosqichlarida yana ishtirok etaveradi), biroq ular xarid qilgan barcha chiptalar muassasaning 25-maydagi Yillik Grand-final umumiy hisobiga qo‘shilib boradi.
4-bob. 25-may — Yillik Grand-final nominatsiyalari, kvotalar va Super-sovrinlar
4.1. O‘quv yili yakunida (25-may kuni) 8 ta yo‘nalishning har birida 2 tadan nominatsiya bo‘yicha (kvota shartlarini bajargan muassasalar orasidan) yillik g‘oliblar aniqlanadi:
- 1-NOMINATSIYA: «MUTLAQ YETAKCHI»
Mezoni: O‘quv yili davomida (1-sentyabrdan 20-maygacha) o‘z yo‘nalishida son jihatidan mutlaq eng ko‘p chipta xarid qilgan ta’lim muassasasi (OTM fakulteti / xususiy OTM).
Minimal yillik kvotasi: Maktablar, OTM va Texnikumlar uchun — kamida 2 500 ta chipta; Bog‘chalar uchun — kamida 1 500 ta chipta. - 2-NOMINATSIYA: «ENG HAMJIHAT (FAOL) JAMOA» (Kichik va o‘rta muassasalar uchun)
Mezoni: Muassasaning o‘quv yili davomida xarid qilgan jami chiptalari sonini ushbu muassasa sinflari (guruhlari) soniga bo‘lish orqali aniqlanadigan eng yuqori o‘rtacha faollik ko‘rsatkichi (1 ta sinf/guruhda o‘rtacha 35 nafar o‘quvchi/talaba hisobidan har bir o‘quvchining yiliga o‘rtacha 5 tadan chipta olishi nisbati inobatga olinadi).
Minimal yillik kvotasi va sharti: Maktablar, OTM va Texnikumlar bo‘yicha jami yillik chiptalar soni kamida 1 200 tadan oshgan bo‘lishi shart;
Bog‘chalar bo‘yicha jami yillik chiptalar soni kamida 750 tadan oshgan bo‘lishi shart.
4.2. “Bitta muassasaga — bitta yillik sovrin” qoidasi: Bir ta’lim muassasasi (fakultet) yil yakunida bir vaqtning o‘zida ikkala nominatsiyada g‘olib bo‘lishi mumkin emas. Agar bitta muassasa har ikkala nominatsiya bo‘yicha ham 1-o‘rinni qayd etsa, u “Mutlaq yetakchi” nominatsiyasi g‘olibi deb e’lon qilinadi, “Eng hamjihat jamoa” nominatsiyasi sovrini esa ushbu nominatsiya kvotasini bajargan va reytingda 2-o‘rinni egallagan (keyingi o‘rindagi) ta’lim muassasasiga topshiriladi. (Agar yo‘nalishda hech bir muassasa yillik minimal kvotani bajara olmasa, yillik sovrin berilmaydi).
4.3. Yillik Grand-final Super-sovrinlari (barcha yo‘nalish va har ikkala nominatsiya g‘oliblari uchun bir xil): Belgilangan yillik kvotani bajargan va g‘olib deb topilgan har bir ta’lim muassasasi (fakultet) quyidagi Super-sovrinlar to‘plami bilan taqdirlanadi:
- G‘olib bo‘lgan muassasa (fakultet) uchun: 1 dona 75 dyuymli Interaktiv sensorli panel (aqlli doska);
- Muassasa jamoasi uchun: Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatrining 5 000 000 (besh million) so‘mlik “Do‘stlar kartasi” (teatr spektakllari, ko‘chma tomoshalar va teatr xizmatlaridan foydalanish imtiyozli kartasi).