Respublika teatr san’ati festivali davom etmoqda
Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri ishtirok etayotgan Respublika teatr san’ati festivali 16–21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 16–21-noyabr kunlari yurtimizda Respublika teatr san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festival doirasida teatr jamoalari tomonidan turli sahna asarlari namoyiş etilib, teatr san’atining rivoji, ijodiy tajriba almashish va milliy sahna san’atini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur festival ijodkorlar uchun o‘z mahoratini namoyon etish, yangi g‘oyalar va tajribalar bilan o‘rtoqlashish uchun muhim ijodiy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Teatr — ma’naviyat va ma’rifat maskani!
Onlayn biletni @bolalar_teatri_bot orqali olishingiz mumkin.