Vinni Pux yoxud Kristofer Robinning tug‘ilgan kuni
Kristofer Robinning tug‘ilgan kuniga keling: Vinni Pux va do‘stlari bilan kulgili sarguzashtlar kutmoqda!
Kristofer Robin uyiga qaytadi, ota-onasi esa uning tug‘ilgan kuniga syurpriz tayyorlab qo‘yishgan. Katta qutidan yumshoq ayiqcha Vinni Pux chiqadi, ammo kelasi yil maktabga boradigan Kristofer o‘zini o‘yinchoq uchun katta deb biladi. Shundan Vinni Puxning sarguzashtlari boshlanadi.
U asal uchun havo sharida «kichkina qora bulut» bo‘lib uchadi va Quyonning iniga tiqilib qoladi. Pyatachok bilan sirli Filqatni tutmoqchi bo‘ladi, tug‘ilgan kunida dumini yo‘qotib qo‘ygan g‘amgin eshakcha Ia-Iani esa Boyo‘g‘li bilan birga xursand qilmoqchi bo‘ladi.
Tomoshada qo‘shiq va she’rlar yangraydi, bolalar ham qahramonlarga yordam berib, o‘yinlarda qatnashadi va oxirida ular bilan birga raqsga tushadi.
- Davomiyligi
- 60 daqiqa
- Yosh
- 0+
- Muallif
- Alan Milnning «Vinni Pux» ertagi asosida
- Rejissyor
- S. Altay
Nimani kutish kerak
Nimaga o‘rgatadi
- do‘st qiyin ahvolga tushganda unga yordam berishni;
- g‘amgin do‘stga e’tibor berib, uni xursand qilishni;
- me’yoridan ortiq yeyish yaxshilikka olib bormasligini;
- sovg‘aning qadri narxida emas, unga qo‘shilgan mehrda ekanini;
- haqiqiy do‘stlar eng katta sovg‘a ekanini.