Quvnoq oila yoxud Xushchaqchaq sichqoncha
Xushchaqchaq sichqoncha, mushuk va Marina xola qanday qilib ahil oilaga aylangani haqida.
Asar xushchaqchaq sichqonchaning Marina xola va mushuk bilan ahil oila bo‘lgani haqida. Marina xola avvaliga sichqonchaning oshxonada ovqatlanib yurishini, katta pishloqda teshikchalar ochishini istamaydi. Sichqonchani yo‘qotish uchun uyga mushuk olib keladi. Ammo ochiqko‘ngil, quvnoq sichqoncha mushuk bilan o‘ynab-kulib do‘stlashib oladi.
Mushukning dumi sichqon uchun qo‘yilgan qopqonga tushadi. Sichqoncha uning dumini qopqondan chiqarishga yordam beradi. Mushuk uni tutmaslikka va birga bu uydan ketishga qaror qiladi. Marina xola uyga tort ko‘tarib keladi. Marina xola yolg‘izlikdan zerikkan ayol bo‘lib, bu sichqonchaga o‘rganib qolgan edi. Ketish oldidan uyga qaytib kirgan sichqoncha uning so‘zlarini eshitib, Marina xolaning yonida qolishga qaror qiladi. Endi sichqoncha Marina xolaga zarar keltirmaslikka kelishib oladi. Ular quvnoq oilaga aylanishadi.
- Davomiyligi
- 60 daqiqa
- Zal
- Kichik zal
- Yosh
- 0+
- Muallif
- E. Chepovetskiy
- Rejissyor
- Shodiyev Akmal Yunisovich
- Premyera
- 2023
Nimani kutish kerak
Nimaga o‘rgatadi
Asarda muallif ahillik va mehr-oqibat tuyg‘ularini ulug‘laydi.