Allomaning bolaligi
11:00Chipta olish
2024-yil 5-fevraldan Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori. Teatrga 2022-yilda sahnalashtiruvchi rejissyor bo‘lib kelgan va to‘qqizta spektaklni sahnalashtirgan, jumladan «O‘tkir shoxli buqacha», «Oppog‘oy va yetti mitti odamcha», «O‘n ikki oy» va «Chig‘iriq».
1997-yilda Buxoro davlat universitetini nemis va ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha, 2001-yilda M. Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutini dramatik aktyorlik san’ati yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Qariyb yigirma yil Navoiy madaniyat va san’at kollejida ishlagan: aktyorlik mahoratidan dars bergan, «Teatr san’ati» bo‘limini boshqargan, direktor o‘rinbosari, 2012–2014-yillarda esa kollej direktori bo‘lgan. 2015–2016-yillarda Navoiy shahar madaniyat markazining badiiy rahbari bo‘lgan.
2018-yilda «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Rus va nemis tillarini biladi.