O‘tkir shoxli buqacha
Buqacha va do‘stlari bo‘ri bilan tulkiga qarshi birlashadi — qo‘shiqlarga boy musiqiy tomosha.
Asar qahramoni buqachaning do‘stlari — ayiqvoy, quyonvoy, echkivoy bilan birgalikdagi kechinmalari hamda bo‘ri va tulkining atrofdagi jonivorlarga ortiq zarar bermasliklari uchun do‘stlarning o‘zaro birlashib kurashgani aks ettirilgan.
Mazkur spektakl o‘zining chiroyli qo‘g‘irchoqlari, sho‘x musiqa va qo‘shiqlari, bo‘rtma bo‘yoqlarsiz applikatsiyada ishlangan dekoratsiyalari orqali bolajonlarni o‘ziga jalb etadi.
- Davomiyligi
- 60 daqiqa
- Yosh
- 0+
- Janr
- musiqiy tomosha
- Muallif
- Raim Farhodiy
- Rejissyor
- Shodiyev Akmal Yunisovich
- Premyera
- 2023
Nimani kutish kerak
Nimaga o‘rgatadi
Mavzusi — do‘stlikni qadrlash.
Asar bolajonlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ushbu spektakl do‘st va dushmanni ajrata bilish, do‘stlikning qadriga yetish, ko‘r-ko‘rona shirin so‘zlar orqali noto‘g‘ri yo‘llarga boshlaydigan «do‘st» va dushmanlarning domiga tushib qolmaslik kabi g‘oyalarni ilgari suradi.