Navoiy viloyatiQo‘g‘irchoq teatri
O‘z
Chiptalarim

Ko‘rinish sozlamalari

Sayt ko‘rinishini o‘zingizga moslang. Tanlovingiz shu qurilmada saqlanadi.

Matn o‘lchami
Rang
Harakat
Chiptalarim
Tazarru spektakli afishasi

Tazarru

14+O‘smir va kattalar

Ota-onani qadrlash, nafs va mansab ortidan quvishning oqibatlari haqida hayotiy asar.

Asarda ota-onani qadrlash mavzusi ilgari surilgan. Nafs va mansab ketidan ergashish insonga yaxshilik olib kelmasligi haqidagi g‘oyalar yoritib beriladi. Muallif bosh qahramon yigitning timsolida o‘tkinchi mol-dunyo, mansabga ishonib nafsga berilishning oqibati yomon bo‘lishini ko‘rsatib beradi.

Yigit o‘z xatosini otasining bo‘yniga qo‘yib jazodan qutilmoqchi bo‘lganida ota bu ko‘rgiliklar, noqobil o‘g‘ilning qilmishlarini ko‘tarolmay dunyodan ko‘z yumadi. Yigit otasini yo‘qotganidan so‘ng pushaymonlikda, afsus-nadomatda qoladi.

Ushbu asarda o‘ylamay qilingan ish oqibati yomonligi, oilalar buzilishi sabablari kabi ko‘plab masalalar ochib beriladi. Asar hayotiyligi va puxta syujetga ega ekanligi bilan tomoshabinning diqqatini torta oladi.

Davomiyligi
60 daqiqa
Yosh
14+
Muallif
Farmon Toshev
Rejissyor
Mardonov G‘ofur
Premyera
2023

Ijodkorlar va aktyorlar

  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 1-surat
  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 2-surat
  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 3-surat
  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 4-surat
  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 5-surat
  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 6-surat
  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 7-surat
  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 8-surat
  • «Tazarru» spektaklidan sahna, 9-surat

O‘xshash spektakllar

Seans e’lon qilinganda

Yangi seanslar teatrning Telegram kanalida e’lon qilinadi. Kanalga obuna bo‘ling, sana chiqishi bilan ko‘rasiz.