Toptalgan tuyg‘u
Oilalar tinchligi va ayol qadri haqida — musiqa va raqslarga boy, goh kuldirib, goh yig‘latadigan spektakl.
Asarda muallif oilalar tinchligi, rishtalar mustahkamligi, farzandlar baxtli o‘sishini maqsad qiladi. Voqealarda ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan xo‘rlangani, qadr ko‘rmagani yoritilib, oxir-oqibat Ma’sumaning turmush o‘rtog‘i Matlab o‘z xatosini tushunib yetadi.
Gazetadagi e’lon orqali Ma’sumaga kelgan sovchilar ayolidan ajragan, baxtidan kuygan erkaklar bo‘lib, ularning taqdirlari Matlabga dars bo‘ladi. Matlab va kuyovlikka nomzodlar bilan bo‘lib o‘tgan voqealarda qahramonlar xarakterlari ochib berilgan.
Spektaklning musiqa va raqslarga boyligi, har bir qahramonning dardi va o‘zini anglab yetishi tomoshabinni goh kulgiga, goh yig‘iga boshlaydi.
- Davomiyligi
- 60 daqiqa
- Zal
- Asosiy zal
- Yosh
- 14+
- Muallif
- Xoliq Xursandov
- Rejissyor
- Shodiyev Akmal Yunisovich
- Premyera
- 2023
Nimani kutish kerak
Nimaga o‘rgatadi
Tomoshabin oilaviy mavzudagi ushbu spektakl orqali har bir ayol mehrga, e’tiborga loyiq ekani, o‘z baxtini poymol qilish kishiga baxt olib kelmasligini anglaydi.
Ijodkorlar va aktyorlar
Shodiyev Akmal YunisovichRejissyor Ikromov Xasan Suvon o‘g‘liEdik G‘aybullayev Shamshod Nutfullo o‘g‘liQo‘riqchi To‘raqulova Dilfuza Bektosh qiziMa’suma Rasulov Qosim Abdurashid o‘g‘liMatlab Jumayev Turg‘un PulatboyevichAbramat Boboqulov Feruzjon Baxritdin o‘g‘liQo‘riqchi Meyliyev Mirjalol Sadridin o‘g‘liProfessor Kenjayev Elyor BaxtiyorovichBoysoat