Badjahl quyoncha
Sho‘x va o‘z bilganicha ish tutadigan Quyoncha hayotdan saboq oladi — musiqa va pantomima bilan.
«Badjahl quyoncha» — bolalar uchun qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan sahnaviy asar bo‘lib, u do‘stlik, bilimga intilish va hayotiy tajribalar orqali o‘sish mavzulariga bag‘ishlangan.
Asarning bosh qahramoni — Quyoncha, juda sho‘x va o‘z bilganicha ish tutishni xush ko‘radigan qahramon. U bilimga unchalik e’tibor bermaydi, doimo tezkor va oson yo‘lni tanlashga harakat qiladi. Biroq uning hayotda uchratgan vaziyatlari, do‘stlari va turli muammolarga duch kelish jarayoni unga haqiqiy hayotiy saboq beradi.
Masxarabozlar ishtirokidagi intermediyalar, musiqa va pantomima orqali sahnada yumor va qiziqarli vaziyatlar orqali tomoshabinlar diqqati ushlab turiladi.
- Davomiyligi
- 60 daqiqa
- Yosh
- 0+
- Janr
- ertak-spektakl
- Muallif
- M. Suponin
- Rejissyor
- Shodiyev Akmal Yunisovich
Nimani kutish kerak
- Yoshi
- 0+ · 5 yoshdan tavsiya etiladi
Nimaga o‘rgatadi
Asarning g‘oyalari:
- bilimga intilish va uning ahamiyati;
- do‘stlik va o‘zaro yordam;
- shoshqaloqlik va odobsizlikning zarari.
Spektakl nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham farzand tarbiyasi borasida muhim maslahatlar beradi: har bir ota-ona bolasiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi, uning bilim olishiga rag‘bat berishi lozimligini uqtiradi.