Navoiy viloyatiQo‘g‘irchoq teatri
O‘z
Chiptalarim

Ko‘rinish sozlamalari

Sayt ko‘rinishini o‘zingizga moslang. Tanlovingiz shu qurilmada saqlanadi.

Matn o‘lchami
Rang
Harakat
Chiptalarim
Cho‘pqo‘g‘irchoq spektakli afishasi

Cho‘pqo‘g‘irchoq

0+Kichkintoylar uchun

Erkatoy Nozibonu buvisi yasagan oddiy qo‘g‘irchoqni pisand qilmaydi — toki o‘zi kichrayib qolguncha.

Kichik yoshdagi qaysar, injiq, erkatoy bolalarning o‘yinqaroqlik qilib tabiatga, atrofidagi narsa-buyumlarga, o‘yinchoqlariga zarar yetkazishi oqibatlari yoritilgan asar.

Unda Nozibonuga buvisi qo‘lda qo‘g‘irchoq yasab beradi va nomini Cho‘pqo‘g‘irchoq qo‘yadi. Bolakay bunday oddiy o‘yinchoqni pisand qilmaydi. U bir uxlab uyg‘onganida hajmi kichrayib qoladi. Nozibonuni suvarak, o‘rgimchaklar asir olishmoqchi bo‘lishganida ularning hujumidan Cho‘pqo‘g‘irchoq qutqaradi.

Cho‘pqo‘g‘irchoqning mardligini hamda unga yordam berishni istamagan o‘yinchoqlarining arazlaganini tushunib yetgan Nozibonu ayiqning uzilgan qulog‘i, sherning uzilgan dumini o‘z o‘rniga tikib qo‘yadi. Shundagina u o‘z holiga qaytadi. Uylarni orasta qilib, buvisini hayratga soladi.

Davomiyligi
60 daqiqa
Zal
Asosiy zal
Yosh
0+
Muallif
Erkin Xushvaqtov
Rejissyor
Shodiyev Akmal Yunisovich

Nimani kutish kerak

Nimaga o‘rgatadi

Muallif yosh tomoshabin bolalarga buzg‘unchilik yomon odat ekanligi, yaxshilik ortidan yaxshilik kelishini qiziqarli syujet orqali yoritib beradi.

Ijodkorlar va aktyorlar

O‘xshash spektakllar

Seans e’lon qilinganda

Yangi seanslar teatrning Telegram kanalida e’lon qilinadi. Kanalga obuna bo‘ling, sana chiqishi bilan ko‘rasiz.