Ur to‘qmoq
Mehribon Matqovul yarador laylakka yordam berib, sehrli Ochil dasturxon va Ur to‘qmoqqa ega bo‘ladi.
«Ur to‘qmoq» — Isoqtoy Jumanov tomonidan o‘zbek xalq ertagi asosida qo‘g‘irchoq teatri uchun yaratilgan ikki pardali pyesa.
Asarda Matqovul va Gulchechakning og‘ir hayoti, ularning yo‘qolgan nevarasi Gulto‘tini izlashi, mehribon Matqovulning yarador Laylakshohga yordam berishi va bu yaxshiligi evaziga sehrli «Qayna humcha», «Ochil dasturxon» hamda «Ur to‘qmoq»qa ega bo‘lishi haqida hikoya qilinadi. Biroq ochko‘z va makkor Soliqboy sehrli buyumlarni qo‘lga kiritishga urinadi.
Voqealar davomida yaxshilik va yomonlik, halollik va tamagirlik o‘rtasidagi kurash ochib beriladi. Asar bolalarni mehribonlik, saxovat, halollik, hushyorlik va Vatanni qadrlashga undaydi.
- Davomiyligi
- 60 daqiqa
- Yosh
- 0+
- Janr
- xalq ertagi asosida pyesa
- Muallif
- Isoqtoy Jumanov
- Rejissyor
- Xodjayev Fatxulla Ubayevich
Nimani kutish kerak
Nimaga o‘rgatadi
Asar bolalarga:
- yaxshilik qilish va mehribon bo‘lishni;
- keksalarni hurmat qilishni;
- hayvon va qushlarga ozor bermaslik, ularga g‘amxo‘rlik qilishni;
- ochko‘z va tamagir bo‘lmaslikni;
- yolg‘on va makkorlikdan uzoq bo‘lishni;
- halol mehnat qilishni;
- qiyin vaziyatda ham umidni yo‘qotmaslikni;
- yaxshi insonni yomon niyatli kishilardan farqlay bilishni o‘rgatadi.
Asar yakunida bolalarga «Yaxshiga o‘rtoq bo‘ling, yomondan yiroq bo‘ling, doimo uyg‘oq bo‘ling» degan tarbiyaviy xulosa beriladi.
Ijodkorlar va aktyorlar
Pirmatov Dilshod AbdualimovichRassom Xodjayev Fatxulla UbayevichRejissyor Meyliyev Mirjalol Sadridin o‘g‘liSoliqchi To‘raqulova Dilfuza Bektosh qiziLaylak Ikromov Xasan Suvon o‘g‘liVazir G‘aybullayev Shamshod Nutfullo o‘g‘liJarchi Rasulov Qosim Abdurashid o‘g‘liEshak Kenjayev Elyor BaxtiyorovichShoh Jumayev Turg‘un PulatboyevichChol Jabborov Diyorbek Kamoliddin o‘g‘liChol · ikkinchi tarkib