Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri rasmiy veb-sayti ishga tushdi
Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri bolalar-teatri.uz rasmiy veb-sayti orqali spektakllarga onlayn chipta xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Aziz tomoshabinlar! Endi teatrimiz haqidagi barcha ma’lumotlar bir joyda. Siz bolalar-teatri.uz rasmiy veb-saytimiz orqali nafaqat spektakllar uchun chiptalarni onlayn xarid qilishingiz, balki teatrimiz faoliyati, repertuar, namoyish etiladigan spektakllar va boshqa yangiliklar haqida ham batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Saytimizga tashrif buyuring, o‘zingizga yoqqan spektaklni tanlang va yaqinlaringiz bilan unutilmas taassurotlarga boy madaniy hordiqdan bahramand bo‘ling! Rasmiy veb-saytimiz: bolalar-teatri.uz. Onlayn biletni @bolalar_teatri_bot orqali olishingiz mumkin.