Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Olmos Botir» premyerasi
Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatrida xalq ijodi namunasi asosida sahnalashtirilgan «Olmos Botir» spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi sahna asari — «Olmos Botir» spektakli namoyish etiladi. Xalq ijodi namunasi asosida Jo‘ra Mahmud tomonidan inssenirovka qilingan «Olmos Botir» spektakli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash a’zolariga muvaffaqiyatli taqdim etildi.
PREMYERA — 21-NOYABR
Onlayn biletni @bolalar_teatri_bot orqali olishingiz mumkin.