Ona tilim — millatim faxri, g‘ururim!
Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etadi.
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Til — millatning ruhi, xalqning bebaho boyligi, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelayotgan muqaddas qadriyatdir. Ona tilimizda xalqimizning tarixi, ma’naviyati, orzu-umidlari va qalb kechinmalari mujassam. O‘zbek tilining go‘zalligi, jozibasi va boyligini asrash, uni e’zozlash hamda kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir. Zero, ona tiliga muhabbat — Vatanga muhabbatdir. Elektron chipta olish uchun bot: @BOLALAR_TEATRI_BOT. Murojaat uchun: +99899-750-17-16.